Xabarlar
deleteMessage
Xabarni hamma uchun o'chiradi: shaxsiy chat, guruh (huquq bilan) yoki kanal.
POST
https://api.zamin.app/bot<TOKEN>/deleteMessageGET ham ishlaydi. Parametrlar: query, JSON, form yoki multipart — batafsil.
Botning yoki foydalanuvchining xabarini o'chiradi: xabar ikkala tomonda ham yo'qoladi. Faqat yuborilganidan keyin 48 soat ichida. Muvaffaqiyatli bo'lsa true.
Guruh va kanalda
- Guruh: botning o'z xabarlari doim (48 soat ichida). Boshqalarning xabarlari — jumladan "qo'shildi / chiqdi" xizmat xabarlari — faqat botda
can_delete_messageshuquqi bo'lsa va xabar 48 soatdan eski bo'lmasa. Guruh egasi yoki adminning xabarini bot o'chira olmaydi. - Kanal: botning o'z postlari doim; boshqa postlar
can_delete_messagesbilan (vaqt cheklovi yo'q). - Kanal izohlari chati (
supergroup): izohlarnican_delete_messagesbilan o'chirish mumkin.
Parametrlar
| Parametr | Turi | Majburiy | Cheklov | Izoh |
|---|---|---|---|---|
chat_id | Integer yoki String | Majburiy | ≤16 raqam (manfiy ham) yoki @username | Shaxsiy chat: foydalanuvchining id'si (message.chat.id), faqat botni boshlagan va bloklamagan bo'lsa. Guruh yoki kanal: manfiy id (-4012345678, -100…) yoki bot a'zo bo'lgan ochiq chatning @username'i. Chat id'lari. |
message_id | Integer | Majburiy | — | Shu chatdagi xabar raqami. |
Javob
Natija (result): true
JSON
{"ok": true, "result": true}Xatolar
| Kod | Tavsif | Sabab va yechim |
|---|---|---|
| 400 | Bad Request: chat not found | chat_id noto'g'ri, foydalanuvchi botni boshlamagan, bloklagan yoki hisobi o'chirilgan. Hammasi uchun javob bir xil (atayin). |
| 400 | Bad Request: message to delete not found | Bunday xabar yo'q yoki allaqachon o'chirilgan. |
| 400 | Bad Request: message can't be deleted | Xabar 48 soatdan eski yoki (guruhda) guruh egasi yoki adminniki. |
| 400 | Bad Request: not enough rights to delete the message | Boshqaning xabari, lekin botda can_delete_messages huquqi yo'q. |
Istalgan metodda bo'lishi mumkin: 401 Unauthorized, 403 Forbidden: bot is suspended, 429 Too Many Requests, 400 Bad Request: <maydon>: … — xato kodlari.
Misol
Python
import os
import requests
TOKEN = os.environ["ZAMIN_BOT_TOKEN"]
API = f"https://api.zamin.app/bot{TOKEN}"
CHAT_ID = int(os.environ["ZAMIN_CHAT_ID"]) # getUpdates javobidagi message.chat.id
r = requests.post(
f"{API}/deleteMessage",
json={"chat_id": CHAT_ID, "message_id": 14},
timeout=15,
)
print(r.json()) # {"ok": true, "result": true}curl
curl -s -X POST "https://api.zamin.app/bot$ZAMIN_BOT_TOKEN/deleteMessage" \
-H "Content-Type: application/json" \
-d '{"chat_id": 4810235517, "message_id": 14}'