Yordam markazi

Zamin ilovasi bo'yicha savollaringizga javoblar. · Help for the Zamin app.

Biz bilan bog'lanish · Contact us

Odatda 1–2 ish kuni ichida javob beramiz. · We usually reply within 1–2 business days.

✉️ info@zamin.app

Ko'p so'raladigan savollar

Qanday ro'yxatdan o'taman?

Ilovani oching, mamlakatingizni tanlab telefon raqamingizni kiriting va SMS orqali kelgan 6 xonali kodni yozing. Keyin ism, familiya, username, jins va tug'ilgan sanani kiritasiz. Parol kerak emas.

SMS kod kelmayapti

Raqam to'g'ri kiritilganini tekshiring va 3 daqiqadan keyin "Kodni qayta yuborish" tugmasini bosing. Hozircha SMS O'zbekiston, Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkiya va AQSh raqamlariga yuboriladi.

Xabarlarim xavfsizmi?

Ha. Xabarlar, rasmlar, ovozli xabarlar va hikoyalar uchidan-uchiga (end-to-end) shifrlanadi: ular telefoningizda shifrlanadi va faqat suhbatdoshlaringiz telefonida ochiladi. Hatto Zamin serveri ham ularni o'qiy olmaydi. Qo'ng'iroqlar ham shifrlangan.

Yangi telefonda eski xabarlarim ko'rinmayapti

Uchidan-uchiga shifrlash tufayli shifrlash kalitlari faqat eski telefoningizda saqlanadi. Shuning uchun yangi telefonda yoki ilovani qayta o'rnatgandan keyin avvalgi xabarlarni ochib bo'lmaydi — bu xavfsizlik uchun ataylab shunday qilingan.

Kim meni topa oladi va nimani ko'radi?

Sizni aniq username orqali topish mumkin. Telefon raqamingiz sukut bo'yicha hech kimga ko'rinmaydi. Kim oxirgi faolligingiz, profil rasmingiz, holatingiz va raqamingizni ko'rishini Hisob → Maxfiylik bo'limida o'zingiz tanlaysiz.

Foydalanuvchini qanday bloklayman yoki shikoyat qilaman?

Foydalanuvchi profilini oching va pastdagi "Bloklash" yoki "Shikoyat qilish" tugmasini bosing. Bloklangan foydalanuvchi sizga yoza olmaydi, qo'ng'iroq qila olmaydi va hikoyalaringizni ko'rmaydi. Jiddiy holatlarda info@zamin.app ga yozing.

Bildirishnomalar yoki qo'ng'iroqlar kelmayapti

Telefon sozlamalarida Zamin uchun bildirishnomalar yoqilganini, ilova ichida esa Hisob → Bildirishnomalar bo'limini tekshiring. Qo'ng'iroqlar uchun mikrofon (video uchun kamera) ruxsati kerak.

Hisobimni qanday o'chiraman?
  1. Hisob → Profilni ko'rish (Mening profilim) bo'limiga kiring.
  2. "Hisobni o'chirish" ni bosing.
  3. Raqamingizga kelgan SMS kodni kiriting.

Hisobingiz, profilingiz, yuborgan fayllaringiz va hikoyalaringiz serverdan darhol va butunlay o'chiriladi.

Frequently asked questions

How do I sign up?

Open the app, choose your country, enter your phone number and the 6-digit code we send by SMS. Then enter your name, username, gender and date of birth. No password is needed.

I don't receive the SMS code

Check the number and tap "Resend code" after 3 minutes. SMS is currently available for numbers in Uzbekistan, Russia, Kazakhstan, Kyrgyzstan, Tajikistan, Turkey and the United States.

Are my messages private?

Yes. Messages, photos, voice messages and stories are end-to-end encrypted: they are encrypted on your phone and can only be opened on your contacts' phones. Not even the Zamin server can read them. Calls are encrypted as well.

My old messages are missing on a new phone

With end-to-end encryption the keys stay on your old phone only, so earlier messages cannot be opened on a new phone or after reinstalling the app. This is intentional, for your security.

Who can find me and what can they see?

People can find you by your exact username. Your phone number is hidden from everyone by default. You decide who sees your last seen, profile photo, status and phone number in Account → Privacy.

How do I block or report someone?

Open their profile and tap "Block" or "Report" at the bottom. Blocked users cannot message or call you and cannot see your stories. For serious cases, email info@zamin.app.

How do I delete my account?
  1. Go to Account → View profile (My profile).
  2. Tap "Delete account".
  3. Enter the SMS code sent to your number.

Your account, profile, uploaded files and stories are removed from our servers immediately and permanently.