Bo'limlar
Zamin qo'llanmasi
Onlayn radio ochish, efirni boshqarish va uni hamma joyga ulashish bo'yicha to'liq qo'llanma.
Zamin — onlayn radio (tez orada TV) yaratish platformasi. Siz musiqa yuklaysiz yoki jonli gapirasiz, qolganini — server, kodlash, Icecast, pleyerlar, statistika — Zamin o'zi qiladi.
1. Radio yaratingNom va qisqa havola: zamin.app/sizning-radio
2. AutoDJ'ni sozlangMusiqa, pleylistlar, jingl, soat formatlari va jadval
3. Jonli efirga chiqingBrauzerdan yoki BUTT, Mixxx, OBS orqali
4. UlashingSaytga pleyer, stream havolalari, API
Efir pultiHozir efirda, keyingi trek, navbat, o'tkazib yuborish
BoshlovchilarHar bir boshlovchiga alohida efir logini
Zamin Studio qayerda?
Studio — radiongizni boshqarish markazi. Kompyuter va telefonda bir xil ishlaydi: zamin.app/app/studio. Hisobingiz bo'lmasa, avval ro'yxatdan o'ting.
Asosiy manzillar
| Nima | Manzil |
|---|---|
| Radio sahifasi | https://zamin.app/<havola> |
| Saytga pleyer | https://zamin.app/embed/radio/<havola> |
| MP3 stream | https://zamin.app/listen/<havola>.mp3 |
| Hozir efirda (JSON) | https://api.zamin.app/channels/radio/<havola> |
| Barcha radiolar | zamin.app/radio |
Mualliflik huquqi. Faqat efirga uzatish huquqi bor musiqani yuklang: o'zingizniki, Creative Commons litsenziyali (muallifni ko'rsatib) yoki mualliflar yozma ruxsat bergan treklar. Huquqni buzgan kanallar to'xtatiladi.