Zamin Qo'llanma Bosh sahifaRadiolarStudio

Soat formatlari

Clockwheel — soat ichidagi aniq tartib, katta radiolardagi kabi.

Format — qadamlar ro'yxati. Har bir qadam: "shu pleylistdan bitta trek". AutoDJ qadamlarni ketma-ket o'tadi va oxiriga yetgach boshidan boshlaydi.

#Qadam
1Hitlar
2Yangi qo'shiqlar
3Jingl: radio nomi
4Hitlar
5Retro
6Reklama
  1. Avval Pleylistlar bo'limida musiqa va jingl pleylistlarini tuzing.
  2. Studio → radio → Soat formatlari → Yangi. Qadamlarni qo'shing, ↑↓ bilan tartiblang (tayyor shablonlar ham bor).
  3. Efir jadvalida vaqt oralig'iga pleylist o'rniga formatni tanlang.

"Kutubxona" qadami — butun kutubxonadan tasodifiy trek. Jingl pleylisti qadam bo'lsa, o'sha joyda jingl yangraydi. Jingl pleylistlarining "har N trekda" va "har soat boshida" qoidalari format bilan birga ham ishlaydi.

© 2026 Zamin · Maxfiylik · Shartlar · Yordam