Bo'limlar
AutoDJ, pleylist va jadval
Radiongiz 24/7 o'zi efirda bo'lishi uchun.
Musiqa kutubxonasi
Studio → radio → Musiqa kutubxonasi → Yuklash. Bir nechta faylni birdaniga tanlash mumkin. Nom va ijrochi fayl teglaridan olinadi; keyin tahrirlash mumkin. Ovoz balandligi efirda avtomatik tenglashtiriladi, treklar orasida 3–4 soniyalik yumshoq o'tish bo'ladi.
Pleylistlar
| Turi | Nima qiladi |
|---|---|
| Musiqa pleylisti | Treklar to'plami. Tasodifiy yoki ketma-ket ijro. |
| Jingle | Qisqa ovozlar (radio nomi, reklama). Har N trekda bittadan qo'yiladi. |
Jadvalga kiritilmagan paytlarda butun kutubxona tasodifiy tartibda yangraydi.
Efir jadvali
Studio → radio → Efir jadvali. Har bir qator: pleylist, hafta kunlari, boshlanish va tugash vaqti (Toshkent vaqti). Masalan:
| Pleylist | Kunlar | Vaqt |
|---|---|---|
| Ertalabki | Du–Ju | 07:00–10:00 |
| Lounge | Har kuni | 20:00–00:00 |
| Dam olish | Sh–Ya | 10:00–18:00 |
Navbatdagi trek tanlanayotganda jadval tekshiriladi, shuning uchun o'zgarish keyingi trekdan kuchga kiradi.
Retranslyatsiya
Sozlamalar → Retranslyatsiya: boshqa radioning stream havolasini kiritsangiz, u AutoDJ o'rniga efirga chiqadi. Jonli efiringiz baribir ustun turadi. Faqat uzatishga ruxsatingiz bor stream'larni qo'shing.
Efir ustuvorligi
- Jonli efir (brauzer yoki efir dasturi)
- Retranslyatsiya (yoqilgan bo'lsa)
- AutoDJ