Bo'limlar
Jonli efir
Brauzerdan yoki professional efir dasturi orqali.
Jonli efirga chiqqaningizda radio AutoDJ'dan sizga o'tadi, tugatganingizda AutoDJ o'zi davom etadi. Tinglovchilar hech narsani qayta ochishi shart emas.
1-usul: brauzerdan (dasturisiz)
- Studio → radio → Jonli efir.
- Mikrofonni yoqish → brauzer so'raganda ruxsat bering.
- Kerak bo'lsa efir nomini yozing (masalan, "Ertalabki shou") — tinglovchilarga ko'rinadi.
- Efirga chiqish. Holat "EFIRDA" bo'lgach, sizni eshitishmoqda.
| Pult qismi | Vazifasi |
|---|---|
| Mikrofon | Qurilma tanlash, balandlik, o'chirish/yoqish, ovoz darajasi ko'rsatkichi |
| Musiqa | Qurilmangizdagi audio faylni efirga qo'yish |
| Gapirganda pasaytirish | Mikrofon yoqiq bo'lsa musiqa 25% gacha tushadi |
| Jingle tugmalari | 6 ta tugma: bosing — yangraydi; bosib turing — faylni almashtirish |
| Quloqchinda eshitish | Musiqa va jinglelarni o'zingiz ham eshitasiz (mikrofon emas) |
Chrome, Edge, Firefox va Safari (kompyuter va telefon) qo'llanadi. Quloqchin ishlating — karnaydan chiqqan musiqa mikrofonga qaytmasin. Efir paytida sahifani yopmang; telefon ekrani o'chsa ba'zi brauzerlar ovozni to'xtatadi.
2-usul: efir dasturi (Icecast)
Studio → radio sahifasida Efir dasturi orqali (Icecast) bo'limidagi sozlamalarni dasturga kiriting:
| Maydon | Qiymat |
|---|---|
| Server / Host | zamin.app |
| Port | Studio'da ko'rsatilgan (masalan 8100) — har radioda o'zi |
| Mount / Mountpoint | /live |
| Foydalanuvchi | source |
| Parol | Stream key (Studio'dan nusxalang) |
| Format | MP3, 128 kbps, 44.1 kHz, stereo (tavsiya) |
BUTT
Settings → Main → Server → Add: Type Icecast, Address zamin.app, Port, Password, Icecast mountpoint live, Icecast user source.
Audio → Codec MP3, Bitrate 128k. So'ng ▶ (Play) tugmasi.
Mixxx
Preferences → Live Broadcasting → Connection: Type Icecast 2, Host zamin.app, Port, Mount /live, Login source, Password.
Encoding: MP3, 128 kbps. Options → Enable Live Broadcasting.
OBS (faqat ovoz)
OBS to'g'ridan-to'g'ri Icecast'ga uzatmaydi; Settings → Output → Recording: Type Custom Output (FFmpeg), FFmpeg Output Type Output to URL,
URL icecast://source:STREAM_KEY@zamin.app:PORT/live, Container mp3, Audio encoder libmp3lame, 128 kbps. So'ng Start Recording.
Kalitni yangilash
Stream key begona odamga tushib qolsa: Studio → Kalitni yangilash. Eski kalit darhol ishlamay qoladi.
Yozib olish
Studio → Yozuvlar va arxiv → "Jonli efirni yozib olish". Har bir jonli efir MP3 sifatida saqlanadi; ochiq qilinganlari radio sahifasidagi arxivda tinglanadi.